“UNG Petro” o‘zining yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benziniga bahorgi chegirmalarni bekor qildi, dey xabar beradi “Spot” muxbiri kompaniya vakillariga tayanib.
Mart oyidan boshlab chegirmalar davrida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hozir 8600 so‘mga yetdi. Biroq narx aksiya boshlanishidan oldingidan pastligicha qolmoqda — o‘shanda benzin litri 9500 so‘mdan sotilgan.
“UNG Petro” 14-martdan boshlab zapravkalarda AI-92 benzini vaqtinchalik chegirma bilan sotilishini e’lon qilgandi.
Bunga qadar tarmoqdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bir litr yoqilg‘i 9500 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, chegirma boshlanishi bilan u 21%ga arzon — 7500 so‘mdan sotildi. Kompaniya chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishi haqida ta’kidlagandi.
30-aprel kuni kompaniya xodimlari chegirma muddati tugashi haqida e’lon e’lon qilishdi. Biroq, tez orada matbuot xizmati raddiya e’lon qilib, qaror noma’lum muddatga uzaytirilganini aytgandi.
Shu bilan birga, AI-80 rusumli benzin narxi bir xil darajada — 6050 so‘m bo‘lib qoladi. Dekabr oyida prezident ushbu markadagi import va mahalliy yoqilg‘ilarga aksiz solig‘ini nolga tushirishga qaror qildi, keyin esa nol stavkalarini yil oxirigacha uzaytirdi.
2021-yilda dekabrida “O‘zbekneftgaz” 2022-yildan boshlab AI-80 benzinini bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi.
Kompaniya Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-80 oʻrniga AI-92 benzin ishlab chiqarishga oʻtish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Oʻtish jarayoni rossiyalik hamkorlar yordamida yakunlanishi rejalashtirilgan.