O‘zbekistonliklar Litvaga qurilish havozalarini o‘rnatish va issiqlik tarmog‘i quvurlarini tunuka qoplamalari bilan o‘rash ishlariga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma‘lum qildi.

Ish vaqti haftasiga 40 soat bo‘lib, oylik maosh 1200 yevrodan boshlanadi (ortiqcha ish vaqtiga qo‘shimcha haq to‘lanadi).

Nomzodlar uchun yotoqxona ish beruvchi hisobidan taʼminlanadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 20−50 yosh;
  • rus tilini bilish (ingliz tiliga ustunlik beriladi);
  • tanlangan sohada kamida 1 yillik ish tajriba;
  • maxsus texnik ta’lim;
  • sudlanmaganlik.

Nomzodlar 2-avgust soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun tanlov vaqti va joyi qo‘shimcha ma’lum qilinadi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonlik bitiruvchilar Yaponiyaga ishga jalb qilinishi haqida yozgandi.

“Muroo” kompaniyasi yapon tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan OTMlarning bitiruvchi talabalarini o‘qishni bitirgungacha tayyorlab, ishga qabul qilishni rejalashtirgan.