8−9 avgust kunlari Toshkentda xalqaro IT biznes-forumi va B2B/B2G uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Tadbir doirasida 20 dan ortiq xorijiy texnologiya kompaniyalari vakillari bilan bir qator B2B/B2G uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

Ular quyidagi sohalarda xizmatlar ko‘rsatadilar:

  • dasturiy ta’minot / ilovani ishlab chiqish va loyihalash;
  • DevOps loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • sun’iy Intellekt;
  • kontent;
  • energetika, uy-joy kommunal xo’jaligi;
  • IT-konsalting;
  • transportlarni boshqarish;
  • biometriya va xavfsizlik;
  • IT-ta'lim.

Forum 8-avgust kuni soat poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Kunning ikkinchi yarmi, shuningdek, 9-avgust kuni xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar uchun ajratilgan.

Forumda ishtirok etish bepul boʻlib, havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Batafsil maʼlumotni (+998) 99 872 14 44 telefon orqali olish mumkin.


Avvalroq “Spot” Germaniyada o‘tkaziladigan Yosh tadbirkorlar dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda o‘zbekistonlik yosh biznes vakillari ham ishtirok etishi mumkin. Dastur 3 bosqichdan iborat, eng yaxshi loyiha ishtirokchilari Berlinda o‘tkaziladigan konferensiyaga tanlab olinadi.