Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, soat 11:00dan 16:00gacha quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
- “Eshonbuloq” MFYning Muqanna, Xonabod, ko‘chalaridagi 467 ta xonadon va 21 ta ulgurji iste’molchilar;
- “Sadoqat” MFYning Tabarruk, Tavallo ko‘chalaridagi 730 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchilar;
- “Xonabod” MFYning Kichik soy, Beruniy ko‘chalaridagi 380 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchilar;
- “Ziyolilar” MFYning Odob, Odob 2, Odob 3 ko‘chalaridagi 142 ta xonadon va 2 ta ulgurji iste’molchilar.
Bundan tashqari, Bektemir tumanida 60 ta ko‘p qavatli xonadon hamda 6 ta ulgurji iste’molchilarga gaz yetkazib berilmaydi.
Qayd etilishicha, bu vaqtlarda Sergeli tumanida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Avvalroq 3-avgust kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.