“Spot” bloger, inflyuenser va kopirayter hamda o‘zbek tili targ‘ibotchilaridan biri Mirzo Zominiy bilan birgalikda yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqda. Unda tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadi.

Birinchi materialda Mirzo Zominiy bilan suhbatlashdik. U kunini va ishini nimalarsiz tasavvur qilolmasligi haqidagi savollarga javob berish uchun o‘zi bilan 2ta sumkani olib keldi — biri shopper, biri ryukzak.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Kitoblar

Birinchi navbatda faoliyatimni, xobbilarimni va bo‘sh vaqtimni kitoblarsiz tasavvur qila olmayman.

Misol tarzida Jo Pikard, Tayler Bryule va Endryu Tak tomonidan yozilgan “The Monocle Book of Entrepreneurs” kitobini keltirishim mumkin. Bu asar biznesga endi kirib kelayotganlar uchun juda kerakli qo‘llanma hisoblanadi — ruhlantiradi va motivatsiya beradi.

Mening soham PR, marketing va o‘zbek millati o‘zligini anglashi, ya’ni ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun yuqoridagi kitob mualliflaridan yana bir asar — “How to Make a Nation: A Monocle Guide”, ya’ni millatni qanday shakllantirsa|yaratsa bo‘ladi deb nomlanadi.

Unda dunyodagi har bir muvaffaqiyatli davlatlar, ular hukumatlarini, iqtisodiyotini qanday qilib rivojlantirgani haqida va undan tashqari turli boshqa ijtimoiy — sport, madaniyat va hokazo sohalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

menejerlar, tadbirkorlar, ryukzagda nima bor


Yon daftar

Hech bir jurnalist va kopirayter hayoti va faoliyatini yon daftarsiz tasavvur eta olmasa kerak. Yonimda doim katta va kichik hajmdagi yon daftarlarni olib yuraman.

Men yapon madaniyatiga juda qiziqaman, shu sababli Qozog‘istonning Olmaota shahriga borganimda kichik hajmdagi “Sakura” brendi daftarchasini xarid qilganman. Unda hech qanday chiziqlar va liniyalar yo‘q, shuning uchun bemalol skechlar yoki eslatmalar qoldirsa bo‘ladi.

Ruchkalarim ham ushbu mamlakat kompaniyasi “Mitsubishi"ning ruchkalaridan foydalanaman — ular yumshoqligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ha, qalamlar singari ruchkalarning ham yumshoq yozadiganlari bor.

menejerlar, tadbirkorlar, ryukzagda nima bor

Qaydnomalar va eslatmalar yozib qoldiradigan yon daftarim ham bor.

Laptop va quloqchinlar

Kopirayter ish faoliyatining ajralmas qismlaridan biri bu laptopdir. Men “Apple” mahsuloti MacBook Air M2 dan foydalanaman.

Quloqchinlarga keladigan bo‘lsam, “Bose” brendida to‘xtalganman. Ularni sifatli tovush chiqarishi va shovqinni minimallashtirib bergani uchun tanlaganman.

Shuningdek, telefonimni g‘ilofsiz tasavvur qila olmayman, shuning uchun o‘zim bilan doim turli xil g‘iloflarni olib yuraman, lekin ular orasida eng qiziqarli varianti Native Union g‘ilofi sanaladi. Uni yaratishda tiklanuvchi materiallardan foydalanilgan.

menejerlar, tadbirkorlar, ryukzagda nima bor

Bundan tashqari, hamyon, antiseptik, quvvatlagichlar hamda kichik shtativ olib yuraman. U biror murojaatni yozish kerak bo‘lganda juda qo‘l keladi.

Loyihada yana kimlarni ko‘rishni istardingiz? Izohlarda yozib qoldiring.