Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt”, “Lacetti” va “Damas” avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnomalar tuzish boshlangani haqida xabar berilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 5-avgustdan sotuvi boshlanishi ta’kidlangan mazkur avtomobillar uchun avtosalonlar oldida navbatlar yuzaga kelgani, odamlar salonlarga bostirib kirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur avtomobillar qo‘shimcha partiyasi kontraktatsiyasining dastlabki ikki kunida to‘liq shartnoma tuzilgan.
Xususan, 4−5 avgust kunlari “Cobalt”, “Lacetti” va “Damas” uchun 50 mingdan ortiq shartnoma imzolandi.
Kompaniya shartnomalarning bir qismi bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa shartnomalar qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo‘lishini ta’kidlamoqda.
2022-yilning dekabr oyida “UzAuto Motors” kompaniyasi “Cobalt” va “Lacetti” avtmobillarini xarid qilish uchun shartnomalar berishni to‘xtatgandi. Oradan ko‘p o‘tmay esa “Damas” va “Labo” uchun buyurtma olishni to‘xtatdi.