Avvalroq “Spot” “Alibaba” ham sun’iy intellekt chat-botini yaratayotgani haqida xabar bergandi.
Kompaniya yangi chat-bot dasturini ichki sinovdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.
“Alibaba” o‘zining sun’iy intellekt modellaridan hamma uchun foydalanish imkoniyatini ochadi, deya xabar bermoqda “CNBC” nashri.
Qayd etilishicha, chunki Xitoy elektron tijorat giganti o‘z mahsulotidan foydalanishni kengaytirish va texnologiyada yetakchi rol o‘ynashga intilmoqda.
Xabar qilinishicha, “Alibaba” 7 mlrd parametrga ega Qwen-7B modelini va suhbat ilovalari uchun mo‘ljallangan Qwen-7B-Chat versiyasini ochiq manbalardan foydalanadi.
Aprel oyida “Alibaba” ingliz va xitoy tillarida sun’iy intellekt kontentini yaratish imkonini beruvchi Tongyi Qianwen Large Language Model (LLM) ni ishga tushirdi.
Qwen-7B va Qwen-7B-Chat butun dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar, olimlar va kompaniyalar uchun mavjud bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, oyiga 100 mlndan ortiq faol foydalanuvchisi bo‘lgan kompaniyalar buning uchun Alibaba’dan bepul litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Garchi “Alibaba” o‘zining ochiq manbali texnologiyasidan foydalanganligi uchun litsenziya to‘lovlarini olmasa ham, uning tarqatilishi kompaniyaga o‘zining sun’iy intellekt modellari bilan ishlash uchun ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilish imkonini berishi kutilmoqda.
Avvalroq “Google” ChatGPT’ga raqobatchi “Bard” chat-boti ishga tushirilishi haqida e’lon qilgandi.
“Bard chat-boti sinov bosqichiga o‘tishga tayyorlanmoqda va cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi hamda yaqin haftalarda hamma uchun ishga tushiriladi”, — dedi kompaniya bosh direktori Sundar Pichai.
Loyiha ijodkorlik vositasi va dunyoni o‘rganish platformasi sifatida tasvirlangan. Masalan, Bard to‘qqiz yoshli bolaga “Jeyms Uebb” kosmik teleskopining qurilishini tushuntira oladi, deyiladi xabarda.
ChatGPT singari, “Google"ning yangi xizmati internetdagi ma’lumotlar asosida foydalanuvchi savollariga matnli javoblarni ishlab chiqaradi.