E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
Mavzuga doir: 2023-yil avgust oyi bo‘yicha banklardagi ipoteka kreditlari.
1-maydan boshlab rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar ayrim banklarga ipoteka krediti olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Bunda asosiy shartlardan biri fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Talabgorlarning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari ham hisobga olinadi.
Boshlang‘ich to‘lovni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Banklar taqdim qiladigan ipoteka krediti miqdori quyidagi hududlarga qarab o‘zgaradi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 327 250 000 so‘m;
- Toshkent shahri uchun — 416 500 000 so‘m.
Biroq “Xalq banki” tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdorida farq bo‘lib, bunda respublikaning barcha hududlarida ko‘p qavatli uylar uchun 990 mln so‘mgacha, hovli uylar uchun 1 mlrd 155 mlngacha taqdim etiladi.
Shuningdek, “Tengebank” ham, bank filiallari mavjud hududlarda 620 mln so‘mgacha ikkilamchi bozordan ko‘p qavatli xonadon xarid qilish uchun ipoteka krediti beradi.
Eng past foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov 50%ni tashkil qilganda “Turonbank” tomonidan 16%da beriladi.
Kerakli hujjatlar:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
- o‘z-o‘zini band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- kadastr hujjati.
Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Boshlang‘ich to‘lov | Muddat | Imtiyozli davr | Birlamchi/ikkilamchi |
Asakabank | 17% | 40% | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
Aloqabank | 18% | 30%dan yuqori | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
Hamkorbank | 18% | 30−50% | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
19,5% | 50%dan yuqori | ||||
Ipotekabank | 18% | 50%dan yuqori | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
Qishloqqurilishbank | 18% | 15% | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
Sanoatqurilishbank | 17% | 30% | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
Tengebank | 25,9% | 50% | 10 yil | - | ikkilamchi |
Turonbank | 16% | 50% | 20 yil | 6 oy | birlamchi |
16,5% | 60−70% | ||||
17,5% | 70%dan yuqori | ||||
Xalq banki | 25% | 40%dan yuqori | 15 yil | 6 oy | birlmachi/ikkilamchi |