“Uzbekistan Airports” kompaniyasi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining tegishli qaroriga bilan aviakompaniya boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, Ra’no Jo‘rayeva mazkur lavozimda ikki yarim yil davomida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, Umarxo‘jayev Javlonbek Oybekovich “Uzbekistan Airports"ning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Javlonbek Umarxo‘jayev shu kungacha kompaniya boshqaruv raisining operativ faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

U 2008-yildan mehnat faoliyatini “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009−2018 yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish olib borgan.

Shuningdek, 2018−2021 yillarda Kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Toshkent-Vostochniy” loyihasi texnik direktori lavozimida ishlagan.

Va 2021-yildan hozirgi kunga qadar “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisining operativ faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.


Avvalroq Sodir Melibayev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlangandi.