Paynet — bu butun O‘zbekistonga taniqli xizmatning 18 yillik faoliyati davomida barqaror meros va to‘plangan ishonchga ega brenddir. Paynet 2023 yilning bahorida dizayn tizimi, brendi va strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi — so‘nggi uch oy ichida 300 mingdan ortiq odam Paynet`ga o‘tdi.

Vizual konsepsiya odatiy va taniqli yashil doirani saqlab qoldi, ammo yangi tuslar, tuzilish va chiziqlarning mayinligi bilan to‘ldirildi. Brend tarixidagi yashil doira ishonch ramziga aylandi, u hali ham logotip va o‘ziga xoslikning asosiy elementi bo‘lib qolmoqda.

Paynet`ning muhim yangiliklaridan biri — bu doim yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘lgan mehribon do‘stni eslatuvchi o‘ziga xos, noyob qahramon bo‘ldi. Bosh qahramon g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash va mehmondo‘stlikni ifodalaydi. Paynet qadriyatlari va falsafasining markazida brendning mijozlarga bo‘lgan munosabati yotadi, u kompaniyaning yangi — “Do‘stlar atrofida, ishonch davrasida” shiori orqali ham ilgari suriladi.

paynet, reklama

Brendning nafaqat tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, balki xizmatning o‘zi ham yangilanishlarga to‘ldi. To‘lov tizimi jamoasi mobil ilova funksiyasida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Endi foydalanuvchilarda Paynet kartasi mavjud. U orqali Paynet`ning istalgan shoxobchasida komissiyasiz naqd pul bilan to‘ldirilishi va turli xil xizmatlarni, shu jumladan uyali aloqa va kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin. Paynet faol nuqtalarining keng tarmog‘i ushbu vazifani soddalashtiradi, nuqtalarning soni 25 mingga yetadi, jumladan 12 mingta kiosk mavjud. Ushbu shoxobchalarda Paynet, Uzcard va Humo kartalarini to‘ldirish mumkin.

“Biz foydalanuvchilarimiz uchun kundalik vazifalarni soddalashtirishga qaratilgan raqamli mahsulotlarimizni yaxshilashga intilamiz. Ilovamizning tushunarli interfeysi tufayli to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish jarayonini tezlashtirishga muvaffaq bo‘ldik, bu esa hamma uchun yanada qulayroq bo‘ldi”, — dedi Paynet bosh direktori Mustafa Abdurahmonov.

paynet, reklama

Yangi Paynet mobil ilovasi bir qator afzalliklarni taqdim etadi, jumladan, kartadan kartaga bepul o‘tkazmalar va turli xizmatlar uchun to‘lov. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘zlarining to‘lovlari uchun orttirilgan keshbek olishadi. Bundan tashqari, ilova yana yangi xususiyatlarga boyidi — to‘lov haqida eslatmalar va to‘lovlar tarixini ko‘rsatish.

Yangilangan xizmat qulay kurs bo‘yicha Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston kartalariga tezkor xalqaro pul o‘tkazmalarini taklif etadi. Endi ilova foydalanuvchilari bankka tashrif buyurishlari va navbatda turishlari shart emas — Paynet bilan hamma narsa bir-ikki harakat bilan hal qilinadi.

paynet, reklama

“18 yil davomida kompaniyamizni mijozlarimiz bilan birga qurdik, har kimning shaxsiy ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlarni ishlab chiqdik. Bu bizga odamlarga yaqinlashish va raqamli muhitga o‘tish davrida dolzarb bo‘lib qolishimizga imkon berdi. Mijozlarimiz bilan birgalikda biz respublikaning fintex sohasini rivojlantirishda davom etamiz”, — deb qayd etdi Paynet bosh direktori Mustafa Abdurahmonov.

Mobil ilovani yangilanishi bilan Paynet o‘z saytini ham yangiladi. Endi sayt taklif etilayotgan to‘lov xizmatlari va tizim taqdim etadigan imkoniyatlar haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, u o‘zining ko‘plab xususiyatlarini, shu jumladan kompaniya bilan hamkorlik qilish va Paynet’da ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.

paynet, reklama

Kelajakda xizmat yangi funksional imkoniyatlarni faol ravishda kengaytirish va joriy etishni rejalashtirmoqda. Ular orasida VISA virtual debet va valyuta kartalari, Paynet elektron hamyoni va kommunal to‘lovlarni boshqarish funksiyasi mavjud. Ushbu so‘nggi funksiya Paynet ilovasida allaqachon mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta ko‘chmas mulk obyektlarini boshqarish uchun alohida hisoblar yaratish imkoniyatini beradi.

Maqsad — Paynet`ni hamma uchun foydali bo‘lgan qulay xizmatga aylantirishdir. Yangi dizayn esa brend va ilovani ekotizimning kelajakdagi asosiy nuqtasiga aylantiradi.

Telefon: (+998) 71−202−07−07.

Instagram: @paynetuz.uz
Facebook: fb.com/paynetuz.uz
Telegram: t.me/Paynetuz_official

Reklama huquqlari asosida.