Toshkentda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida 160 o‘rinli dializ markaz ochildi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Mazkur markaz 1100 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, Hindistonning “NephroPlus” kompaniyasi bilan birgalikda qurilgan.

Loyihani amalga oshirish prezidentining tegishli qarori doirasida boshlangan bo‘lib, unga asosan davlat gemodializga muhtoj bemorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilaydi.

Shuningdek, zamonaviy gemodializ markazlarida innovatsiyalar va davolanishni jalb qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq “Osiyo taraqqiyot banki” “NephroPlus” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda dializ markazlari uchun $8,39 mlnlik moliyalashtirish paketi bo‘yicha kelishuv imzolagani haqida xabar berilgandi.

Hindiston kompaniyasi 2021-yil boshida ularni qurish, jihozlash, boshqaruv va xodimlarni tayyorlashda xususiy sherik tanlash bo‘yicha tenderda g‘olib chiqgandi.

2022-yil 18-aprelda mazkur loyiha doirasida kompaniya tomonidan Nukusda va 2022-yil 5-avgustda Xorazm viloyatining Urganch va Bogot tumanlarida dializ markazlari ishga tushirildi.

Nephroplus” — Hindistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 300 dan ortiq markazga ega eng yirik dializ xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya Hindistondan tashqari, Nepal, O‘zbekiston va Filippinda dializ bilan og‘rigan bemorlar uchun dializ markazlarini loyihalashtiradi, quradi va boshqaradi.


Avvalroq “Spot” Toshkentda Hindistonning “Aakash Healthcare” klinikasi filiali ochilgani haqida yozgandi.

Mazkur tibbiyot muassasasi 50 o‘ringa ega bo‘lib, unda ortopediya, pediatriya, endokrinologiya, nevrologiya va boshqa qator bo‘linmalar faoliyat yuritadi.