Latviyaning “KGS Group” qishloq xo‘jaligi logistika kompaniyasi Farg‘ona agrologistika majmuasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.
Kompaniya rahbari Peteris Kaushelis va Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev o‘rtasida videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda mamlakat hududlari va kompaniya o‘rtasida sarmoyaviy va texnologik hamkorlik masalalari, shuningdek, qo‘shma sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
“KGS Group” rahbari kompaniyaning Oltiariq tumanida agrosanoat majmualarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini jahon va Yevropa standartlariga muvofiq amalga oshirish niyatini tasdiqladi.
Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, ko‘katlar, karam va ularning boshqa turlarini yetishtirishning to‘liq siklini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, mazkur loyiha qiymati 10 mln yevrodan oshishi hamda natijada yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’kidlanmoqda.
Tayyor mahsulotlarning logistikasi tez buziladigan mahsulotlar xavfsizligini ta’minlovchi mazkur kompaniyaning o‘ziga tegishli muzlatgichli yuk mashinalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yetishtirilgan mahsulotlar esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilinadi. Tomonlar loyihani amalga oshirishning tashkiliy, normativ-huquqiy va boshqa masalalari muhokama qildi.
Sentabr oyi boshida kompaniya rahabri Peteris Kaushelisning Oltiariq viloyatiga biznes-missiyasi tashkil etilishiga kelishildi.
Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasi ham Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurishga qiziqish bildirgandi.