Aprel oyida Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yilgandi.

Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etishi, so‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritilishi ma’lum qilingandi.

Hukumatning “Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” yer usti metro halqa yo‘lining “Do‘stlik — Qo‘yliq” yo‘nalishi 1−14 bekatlariga, “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor — Sergeli” yo‘nalishi 1−5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.

T/r
Bekatlar
Bekatlar nomi
I. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yo‘nalishi
1
1-bekat
Texnopark
2
2-bekat
Yashnobod
3
3-bekat
Tuzel
4
4-bekat
Olmos
5
5-bekat
Rohat
6
6-bekat
Yangiobod
7
7-bekat
Qo‘yliq
8
8-bekat
Matonat
9
9-bekat
Qiyot
10
10-bekat
Tolariq
11
11-bekat
Xonobod
12
12-bekat
Quruvchilar
13
13-bekat
Turon
14
14-bekat
Qipchoq
II. “Olmazor — Sergeli” yo‘nalishi
15
1-bekat
Choshtepa
16
2-bekat
O‘zgarish
17
3-bekat
Sergeli
18
4-bekat
Yangihayot
19
5-bekat
Chinor

Avvalroq “Spot” yer usti halqa metro yo‘lining beshta yangi stansiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.

“Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometrni tashkil etadi.