“Uzbekistan Airways” 4-sentabrdan boshlab Toshkentdan Jiddaga va ortga qaytuvchi muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar e’lon qilingan vaqtda bagaj bilan bir tomonlama chipta narxi 4,85 mln so‘mdan, qaytish chiptasi esa 4,08 mln so‘mdan boshlanadi.
Jiddaga parvozlar har kuni quyidagi jadvallarga asosan amalga oshiriladi.
Jumladan, dushanba, chorshanba, juma, yakshanba:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 19:05 — Jiddaga yetib kelish soat 22:15;
- Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45 — Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30.
Seshanba, shanba kunlari:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 18:45 — Jiddaga yetib kelish soat 21:15;
- Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45 — Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30.
Payshanba kuni:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 09:15 — Jiddaga yetib kelish soat 12:25;
- Jiddadan jo‘nab ketish soat 14:00 — Toshkentga yetib kelish soat 20:45.
Aviakompaniya ushbu yo‘nalishdagi aviachiptalar qaytarilmaydigan tarif ekanligiga e’tibor berishni va ularni rasmiylashtirishdan oldin qaytarish hamda qayta bron qilish cheklovlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raydi.
Avvalroq endi Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining Qirollik turizm vazirligi portali orqali vizani onlayn tarzda olishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin boʻlib, amal qilish muddati 90 kunni tashkil qiladi.