Markaziy bankning 2023-yil 11-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12075 (+408,3) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 8-avgustda belgilangan 11 675 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 425 so‘mga qimmatladi.

11-avgust kuni deyarli barcha banklarda sotish kursi 12 135 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 12 015 so‘mdan 12 060 so‘mgacha belgilandi.

Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 2022-yil 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 soʻmni tashkil qilgandi.


10-avgust kuni O‘zbekistonning tijorat banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshdi. Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.

Shuningdek, bu eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.