“Plug and Play Uzbekistan” startaplar uchun akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha tadbirkorlarni o‘sish va innovatsiya strategiyalarida qo‘llab-quvvatlab, rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Dasturda startaplar mentorlik, seminarlar va biznes aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, startaplarga xalqaro bozorga chiqishga va venchur fondlardan investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi.

Platforma vakillarini birinchi navbatda quyidagi sohalardagi loyihalar qiziqtiradi:

  • fintech;
  • sug‘urta texnologiyalari (Insurtech);
  • korporativ texnologiyalar (Enterprise Tech);
  • ta’lim (Edutech).

Akseleratsiya dasturining ikkinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi hamda unda butun dunyodan startaplar ishtirok etishlari mumkin.

Xalqaro startaplarga dasturda shaxsan ishtirok etish yoki uni onlayn formatda o‘tkazish imkoniyati beriladi.

Nomzodlar arizalarni 28-avgustga qadar havola orqali jo‘natishlari mumkin. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

O‘zbekiston birinchi “Plug and Play” akseleratsiya dasturi joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Inno Texnopark” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda startap loyihalar ishtirok etishi mumkin. Arizalarni 20-avgustgacha jo‘natish mumkin.