Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Toshkent-Doha yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yish orqali o‘zaro tashriflar va aloqalar kengayishini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.

O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika, turizm, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Qatar amirining oliy darajadagi tashrifi doirasida Samarqand shahrida imzolangan Toshkent va Doha shaharlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha anglashuv memorandumi ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasini tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qatar biznes delegatsiyalarini Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishga taklif qilish, Qatarda O‘zbekistonning ziyorat turizmini targ‘ib qilish, Dohada Toshkent va Toshkentda Doha kunlari singari madaniyat tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish xususida fikr almashildi.


Avvalroq “Spot” “Qatar Airways” Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xab

Hozirda aviakompaniya aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan.

“Spot” O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.