AQShning “Getty Foundation” fondi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida tadqiqot olib boradigan yosh olimlar ishtirok etishi mumkin.

“Getty Scholars” san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha bilimlarni oshirishga va madaniy merosni tushunish va asrab qolishga hissa qo‘shadigan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Nomzodlar PhD darajasiga ega bo‘lishlari kerak. Shuningdek, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lmagan, ammo tegishli kasbiy tajribaga ega bo‘lgan tegishli sohalardagi nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.

Qabul qilingan nomzodlar “Getty Center"da 3 oydan 9 oygacha yashab, tadqiqot olib borishlari hamda ularga quyidagicha stipendiyalar ajratilishi mumkin:

  • Uch oylik rezidentlik — $21 500;
  • Olti oylik rezidentlik — $43 000;
  • To‘qqiz oylik rezidentlik — $65 000.

Stipendiyalar, uy-joy, sog‘liqni saqlash va boshqalar haqida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.

Ariza beruvchilar onlayn ariza shaklini belgilangan muddatgacha to‘ldirishlari va topshirishlari kerak. Unda quyidagilarni ilova qilish zarur:

  • Loyiha taklifi;
  • Rezyume;
  • Ixtiyoriy matn namunasi.

Bunda loyiha taklifi besh sahifadan oshmasligi kerak. Shuningdek, taklif qilingan o‘quv rejasining tavsifi bo‘lishi zarur.

Nomzodlarning natijalari to‘g‘risida oxirgi muddat tugaganidan keyin taxminan olti oy o‘tgach xabardor qilinadi.

Arizalarni joriy yilning 2-oktabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Garvard universiteti qoshidagi Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.