Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyidagi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.
Qayd etilishicha, iyul oyida avtotransport vositalari savdosi 17%ga o‘sib, 144,5 mingtaga yetdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan savdo o‘sishi 40%ni tashkil etdi.
Yengil avtomobillar
Iyul oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 20%ga o‘sib, 132 mingdan oshdi.
Eng sezilarli o‘sish Buxoro — 36%, Sirdaryo — 35% va Surxondaryo viloyatlarida — 31% qayd etildi.
O‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan yengil avtomobillari savdosi 39%ga oshdi.
Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Umuman olganda, bir oy davomida birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar savdosi 19,2%ga oshdi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 64,5%ni tashkil etdi.
Iyul oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida sotuvlar sezilarli darajada oshdi.
Bu davrda 29,6 mingta avtomobil sotildi, bu iyun oyiga nisbatan 24% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3% ko‘proq.
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori
Iyul oyi davomida 4,9 mingta xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotildi. Bu 2022-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 2,7 baravar yuqori.
Ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Iyul oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi avtomobil bozori sotuvlarning o‘sishi bilan ajralib turdi.
Oy davomida 97,6 ming dona yengil avtomobillar sotildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 17,6%ga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 30%ga sezilarli o‘sish qayd etildi.
Elektromobillar bozori
Oy davomida yengil elektromobillar savdosi 28,9%ga o‘sib, 2,7 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Eng ko‘p sotilgan elektromobillar Toshkent shahrida — 1,9 ming dona, Toshkent — 153 dona va Xorazm viloyatlarida — 117 dona qayd etildi.
Elektromobillarning birlamchi bozori iyun oyiga nisbatan 37,5% ga o‘sib, 2,3 mingtani tashkil etdi, bu 2022 yil iyul oyiga nisbatan 4,7 baravar ko‘p.
Elektromobillarning ikkilamchi bozori savdoning pasayishi bilan ajralib turdi. Umuman olganda, oy davomida jami 318 dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bir oyda 15,2% pasaygan.
Biroq, 2022-yil iyul oyiga nisbatan 67%ga o‘sish kuzatildi.