Mehnat muhojirlarining salmoqli qismi rublning qadrsizlanishi fonida Rossiyani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda “Vedomosti” Moskvadagi o‘zbek diasporasi rahbari Bahrom Ismoilovga tayanib.
Yaqinda o‘zbekistonlik migrantlar jamiyati vakillari o‘rtasida Rossiyani tark etish niyatlari haqida 22,8 ming ishtirokchi bilan onlayn so‘rov o‘tkazildi.
Respondentlarning 50%i dollar kursining o‘sishi tufayli Rossiyani tark etish haqida o‘ylaydi, respondentlarning 25%i buni rejalashtirmaydi, 25%i esa hali javob to‘g‘risida qaror qabul qilmagan.
Ismoilov muhojirlar umumiy sonining uchdan bir qismini tark etishni xohlovchilarning potensial ulushini baholadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, chetga chiqish ish haqi eng past bo‘lgan sohalarga — umumiy ovqatlanish, chakana savdo, kuryerlik xizmatlari, qishloq xo‘jaligi va boshqalarga ta’sir qiladi.
Dollar kursining o‘sishi sharoitida chet elliklarning Rossiyadagi daromadlari o‘z vatanidagi mumkin bo‘lgan daromadlariga yaqinlashmoqda, deya qo‘shimcha qildi Ismoilov.
Rossiyadagi tojikistonliklar ittifoqi rahbari Abdullo Davlatov ham konvertatsiya paytida vatanga pul jo‘natishda yo‘qotishlarga ishora qildi.
Davlatov Rossiya valyutasi devalvatsiyasini hisobga olmagan holda ham muhojirlar orasida boshqa yo‘nalishlarga qiziqish kuchayib borayotganini qayd etdi.
Tojikiston fuqarolari pul ishlash uchun 15 davlatdan birini tanlashi mumkin — masalan, Janubiy Koreyada qurilish yoki Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligi ishlari.
O‘zbekiston MDHdan tashqari davlatlar bilan ham mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi shartnomalar tuzmoqda, dedi Moliya universiteti prorektori Aleksandr Safonov.
U rossiyalik ish beruvchilarga Hindiston yoki Eron kabi davlatlar fuqarolarini ishga olishni maslahat berdi.
“Dobrososedstva” fondi loyiha direktori Yuriy Moskovskiy ham Rossiyada chet elliklar uchun ish jozibadorligi pasayganini qayd etdi.
Bunga sabab sifatida u migratsiya siyosatining qattiqlashgani va huquq-tartibot idoralari xodimlarining migrantlarga munosabati, shuningdek, maoshlarning kamligini ko‘rsatdi.
Migratsiya bo‘yicha ekspert Vadim Kojenovning fikricha, ishchilar yetishmasligi qurilishda eng kuchli seziladi, umumiy ovqatlanish va qishloq xo‘jaligida esa “hech bo‘lmaganda o‘zingni boqishing mumkin”.
Rossiya Mehnat vazirligi va Butunrossiya mehnatni muhofaza qilish va iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib iqtisodiyotning migrantlarga bo‘lgan ehtiyoji 3,5 mln kishiga yetadi.
Bu uning 2022-yil darajasiga 400 mingga — 4,2%dan 4,7%gacha o‘sishini anglatadi.