“Telegram” messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Android, iOS va macOS uchun ilovalar 10.0 versiyasiga, kompyuterlar uchun 4.9 versiyasiga yangilandi.
Hamma uchun “stories"lar
Hikoyalar hayotiy lahzalarni tezda ulashish va doʻstlar nimalarni ulashganini bilib olish imkonini beradi. Endi ushbu format “Telegram"da ham mavjud.
Endi “Telegram” Hikoyalarda siz koʻrishni xohlagan barcha narsa va hali hech kim kiritmagan yana koʻplab funksiyalar bor.
Hikoyalar ekran yuqori qismidagi kengayadigan panelda aks etadi, shuning uchun bu chatlaringiz roʻyxati va jildlarni toʻliq uzunlikda koʻrishga xalaqit bermaydi.
Hikoyani koʻrayotganda tezda ulashish uchun bosish, maxfiy tarzda javob berish va reaksiya bildir mumkin — tezkor uchun bitta bosish yoki boshqa yuzlab reaksiyalardan foydalanish uchun bosib turish kerak.
Birlamchi sozlamalarda bosh sahifada barcha kontaktlardan hikoyalarni koʻrish va muayyan kontaktlarni arxivlangan chatlarga yuborish orqali ulardan hikoyalarni berkitish mumkin.
Juft kamera rejimi
Rasmli va video hikoyalarni birdaniga ikkita rakursdan olish mumkin: qurilmaning old va orqa kameralaridan bir vaqtda foydalanishingiz va ular orasida hatto yozib olish paytida ham almashtirish mumkin.
Stikerlar, joylashuvlar va izohlar
Hikoyalar “Telegram"ning kuchli media muharriridan foydalanadi — bu matn, chizma, stikerlar qoʻshish yoki joylashuvni belgilash imkonini beradi.
Yanada koʻproq kontekst uchun hikoyalar uzunroq izohlarni qoʻllab-quvvatlaydi — unda uzunroq matn tavsiflarini kiritish, doʻstlarni belgilash yoki havolalar qoʻshish mumkin.
Galereyangizdan qoʻshimcha rasmlarni qoʻshishingiz yoki vebdan GIF va rasmlarni qidirish mumkin.
Batafsil maxfiylik sozlamalari
Hikoya joylaganda 4 ta maxfiylik sozlamasidan birini tanlash mumkin: Hamma, Kontaktlarim, Yaqin doʻstlar va Tanlangan kontaktlar.
Har bir variantni moslashtirish mumkin, bu sizga istalgan foydalanuvchini kiritish yoki istisno qilish imkonini beradi.
Hikoyalarni hech qachon koʻrmaydigan foydalanuvchilar roʻyxatini tanlash mumkin.
Hikoyani yanada maxfiy qilish maqsadida foydalanuvchilar uni saqlashi yoki ulashishining oldini olish uchun skrinshotlarni faolsizlantirish mumkin.
Profillardagi hikoyalar
Hikoyalaringiz tanlovingizga qarab 6, 12, 24 yoki 48 soat davom etishi mumkin. Eski kontaktlar va yangi tanishlar xotira lahzalaringiz mozaikasini varaqlay olishi uchun hikoyalarni profilga ham joylash mumkin.
Profilga joylangan hikoyalar ularni arxivga joylash yoki oʻchirishga qaror qilmagungacha oʻsha yerda qoladi.
Endi “Telegram"da kim bilandir tanishganingizda nafaqat profildagi rasmlarini varaqlash, balki ushbu insonning muhim yoki kundalik hodisalari haqida ham bilib olish mumkin.
Profilga joylaydigan har bir hikoya alohida maxfiylik sozlamalariga ega — har doim hikoya koʻrinadigan foydalanuvchilar doirasini oʻzgartirish mumkin.
Hikoyalarni tahrirlash
Ijtimoiy tarmoq tarixida birinchi marta hikoyangizning istalgan elementini istalgan vaqtda yangilash mumkin: koʻrinuvchilik, izoh, ekrandagi matnlar, stikerlar va boshqa elementlar — buning uchun joylangan hikoyani oʻchirish va yangisini yaratishingizga toʻgʻri kelmaydi.
Hikoyangni tahrirlash uchun uni joylagan qurilmadan ochish va ⋮ yoki ⋯ > Hikoyani tahrirlash bandini bosish kerak.
Batafsil koʻrish statistikasi
Foydalanuvchi hikoyani ochganida ular oʻqilganlik hisobotlari kabi hikoyaning muallifiga koʻrinadigan koʻrganlar roʻyxatida chiqadi.
Hikoyani joylagandan keyin roʻyxatni koʻrish uchun uni ochish mumkin, unda faqat kontaktlarni koʻrsatish uchun filtrlash, avval oxirgi koʻrganlar yoki avval reaksiyalar asosida saralash mumkin.
Agar muayyan foydalanuvchi uni koʻrganini tekshirmoqchi boʻlsa, qidiruv paneliga uning ismini yozish kerak.