Qozog‘istonning “galmart” riteyleri Toshkentda ish boshlashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Tashkent City Mall” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, supermarket ochilishga tayyorlanayotgan “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi.

Xabarda ta’kidlanganidek, supermarket o‘zining galmart brendlari, xususan, pishirilgan mahsulotlar va eksklyuziv mahsulotlarning ekologik toza assortimentini taklif qiladi.

“Galmartning vazifasi zamonaviy chakana savdo namunasi bo‘lib xizmat qilish, mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va qat’iy mahsulot tanlovini taklif qilishdir”, deyiladi videononsda.

Galmart” premium segmentidagi oilaviy supermarketlar tarmog‘i Qozog‘istonda 2011-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda u Ostona shahridagi 7 ta va Olmaotadagi 3 ta joyni o‘z ichiga oladi. Tovarlarning umumiy assortimenti 40 toifadagi 18 ming mahsulotni o‘z ichiga oladi.


Avvalroq “Subway” tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi Toshkentda oʻzining birinchi restoranini ochishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, restoran yangi qurilayotgan “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi.

Bu boʻyicha “Tashkent City Mall"da Saudiyaning “Cenomi Retail” kompaniyasi vakillari uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Subway” — bu franshiza tamoyili asosida ishlaydigan tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi. 2017-yil holatiga koʻra, u 110 mamlakatda 44 mingdan ortiq restoranni oʻz ichiga olgan.

Asosiy sotiladigan mahsulotlari — submarin-sendvichlaridir. Bu miijozning oldida tayyorlanadigan choʻzilgan sendvichlar. Tarmoqning xususiyatlaridan biri — mijoz ingredientlarni tanlaydi, oshpaz ulardan sendvich yigʻadi.

Shuningdek, “Cenomi Retail” kompaniyasi vakillari savdo markazida “Cinnabon” kafe-nonvoyxonasi uchun joyni koʻzdan kechirdi.

Fevral oyi boshida “Cinnabon” O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Cenomi Retail” — sobiq “Alhokair Fashion Retail” chakana savdo kompaniyasi. 1990-yilda asos solingan. Hozirda kompaniya 13 mamlakatdagi 100 ta savdo markazlarida 1842 ta doʻkonga egalik qiladi.

Avvalroq Rossiyaning “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.

Keyinchalik mazkur fastfud restoranlari tarmog‘i tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Shuningdek, Fransiyaning “Groupe Casino” kompaniyasi O‘zbekistonda do‘konlar ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniya giper, super va mini-marketlar, chegirmali hamda ulgurji do‘konlar tarmog‘iga egalik qiladi.


Avvalroq “Spot” Qozog‘iston “Magnum” riteyleri O‘zbekistondagi “Carrefour” gipermarketlarini sotib olishi haqida yozgandi.

“Carrefour"ga tegishli gipermarketlar qisqa tanaffusdan so‘ng Qozog‘iston brendi ostida qayta ochiladi.