2023-yilning yanvar-iyul oylarida Xitoyga gaz quvuri orqali yoqilg‘i yetkazib beruvchi davlatlar ichida Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Xitoy bojxona bosh boshqarmasiga tayanib “TACC” xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur davrda mamlakatdan Xitoyga $5,85 mlrdlik mahsulot yetkazib berilgan.
Turkmanistondan keyin, ikkinchi o‘rinda Rossiya turibdi. Mamlakatning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish qiymati $3,94 mlrdni tashkil etgan.
Shu bilan, uchinchi o‘rinda qiymati $861,81 mln yetkazilgan yoqilg‘isi bilan Myanma turibdi. Undan keyingi pog‘onani Qozog‘iston ($614,32 mln) egalladi.
O‘zbekiston gaz quvuri orqali yetkazib berilgan $295,3 mlnlik yoqilg‘isi bilan beshinchi o‘rinni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 41,65%ga kamaygan.
Iyul oyi natijalariga ko‘ra, Rossiya gaz quvuri orqali Xitoyga yetkazib berish pul ko‘rinishida 3,1%ga kamayib, 555,57 mlnni tashkil etdi.
2023-yil oxiriga kelib, Xitoy tartibga soluvchilari gazga bo‘lgan talabning tiklanishiga umid qilmoqdalar, bu o‘tgan yili Covid-19 cheklovlari tufayli o‘n yil ichida birinchi marta pasaygan.
2023-yil oxiriga kelib mamlakatda iste’mol 7%ga o‘sib, 390 milliard kub metrgacha yetishi mumkin.
Xitoy mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Rossiyadan quvurlar orqali gaz yetkazib berishni ko‘paytirish orqali talabning o‘sishini ta’minlaydi.
Avvalroq “Spot” Qozog‘iston O‘zbekistonga 10 mlrd kubometrgacha gaz yetkazib berishi mumkinligi haqida yozgandi.
Gaz tranziti hajmi O‘zbekiston energetika tizimi va Gazprom’ning tayyorligiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanmoqda.