2023−2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Imtihon natijalarini 6 xil usulda bilish imkoniyati mavjud.

Birinchi yo‘li — my.uzbmb.uz sayti orqali.

Saytning “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda aniqlashi mumkin.

mandat, uzmbm, otm, 2023-2024, qabul, natijani aniqlash

Ikkinchi usul — mandat.uzbmb.uz.

Bunda “Bakalavr-2023” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritish kerak.

Shuningdek, mazkur saytda kengaytirilgan qidiruv orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.

mandat, uzmbm, otm, 2023-2024, qabul, natijani aniqlash

Uchinchi usul — SMS xabarnoma xizmati orqali.

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi. Undan foydalanish uchun xizmat haqi mavjud.

To‘rtinchi usul — Bilimni baholash agentligining Telegram-botlari orqali.

Bunda, abituriyentning ID raqamini quyidagi botlarga yuborish orqali natijalarni olish mumkin:

Beshinchi yo‘li — QR-kod orqali.

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda bilish mumkin.

Oltinchi usul — test natijalari qaydnomasi orqali ham natijalar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bunda, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


Avvalroq huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmaganini qayd etgandi.

Xususan, kirish imtihonlarida abituriyentlarning 49,4%i (439 337tasi) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Joriy yilda 888 472 ta abituriyent test sinovlarida qatnashgan.

Shuningdek, huquqshunos joriy yilgi maktab bitiruvchilarining natijalarini ham tahlil qildi. Joriy yilda maktablarni tugatib, testda ishtirok etgan 359 790 ta nomzodning 36%i (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan.