“KazTransOil” Rossiyadan O‘zbekistonga neft tranziti hajmi bo‘yicha prognozni pasaytirdi, deya xabar bermoqda “Neft Capital” kompaniya ma’lumotlariga tayanib.

Yilning birinchi yarmida davlat operatori quvurlari orqali 48 ming tonnadan ortiq Rossiya xom ashyosi o‘tkazildi.

Yil oxirigacha kompaniya yana 131 ming tonna yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Bahorda “KazTransOil” 250 ming tonna neftning taxminiy ko‘rsatkichini keltirgan edi. Endi prognoz taxminan 28,4%ga kamaydi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi tranzit kelishuvi 2022-yil dekabr oyida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Toshkentga tashrifi chog‘ida rasmiylashtirilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” va “Qazmunagaz” Rossiyadan $9 mln miqdorida 300 ming tonna qora oltin yetkazib berishga kelishib oldi.

Neft Omskdagi “KazTransOil” quvurlari tizimiga kiradi va u erdan Pavlodar — Chimkent — Shag‘ir stansiyasi bo‘ylab o‘tadi.

U yerda xomashyo temir yo‘l sisternalariga neft ortish stendlari orqali yuklanadi.

Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston Rossiyadan 48,6 ming tonna neft oldi. Yetkazib berishning asosiy qismi ikkinchi chorakda amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” Qozog‘iston O‘zbekistonga 10 mlrd kubometrgacha gaz yetkazib berishi mumkinligi haqida yozgandi.

Gaz tranziti hajmi O‘zbekiston energetika tizimi va “Gazprom"ning tayyorligiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanmoqda.