Qashqadaryoning Kasbi tumanida 100 MVtlik fotoelektr stansiya ishga tushiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha, Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev bilan Turkiyaning “SECTech Endüstriyel” va “ODAKTES” kompaniyalarining ishonchli vakili Murat Murtazin bilan muzokara o‘tkazdi.
Fotoelektr stansiya loyihasi uchun tumandagi Maymanoq qishlog‘i yerlaridan joy ajratish rejalashtirilgan. Uning doirasida kompaniyalar $70 mln miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishi ta’kidlanmoqda.
Muzokaralarning dastlabki bosqichida, loyiha uchun ajratiladigan hudud ko‘zdan kechirilib, amalga oshiriladigan rejalar belgilandi.
Avvalroq prezident Turkiyaning “Cengiz Holding” kompaniyasi tomonidan Jizzaxda amalga oshiriladigan quvvati 500 megavattdan ortiq elektr stansiyasi qurilishiga start bergandi.
Joriy yilning fevral oyida Turkiyaning “Alarko holding Altek” kompaniyasi Farg‘onada quyosh fotoelektr stansiyasini qurishi haqida xabar berilgandi.