Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Quvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Royal Mining Group” kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar tibbiyot va farmatsevtika, energetika, qurilish hamda tog‘-kon sanoati sohalarida hamkorlik qilishni muhokama qilishdi.
Shu bilan birga, joriy yil yakunigacha hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishtirildi.
“Gulf Care General Trade” kompaniyasi tomonidan viloyatda quyidagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi:
- markazlashgan laboratoriya, radiologiya markazi qurish loyihalarini amalga oshirish;
- ehtiyojmand oila farzandlarining murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun quvaytlik shifokorlarni viloyatga jalb etish;
- viloyatdan saralab olingan shifokorlarni tajriba almashish uchun Quvaytga yuborish;
- farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini barpo etish.
Bundan tashqari, ekoshahar hududidagi qurilish jarayonlariga o‘z loyihalari bilan ishtirok etish niyatida ekanliklarini bildirgan quvaytliklarning tog‘-konchilik sohasini rivojlantirishda hamkorlik qilish hamda ishlarni boshlash kerakligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda “Gulf Care General Trade” kompaniyasiga Farg‘ona viloyatida xorijiy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.
Shuningdek, viloyat rahbari loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishida har tomonlama ko‘mak berilishini bildirdi.
Yakunda aniq takliflar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi va hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Avvalroq Yaponiyaning “NAGAI Clinic” kompaniyasi Farg‘onada tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasini barpo etishi ma’lum qilingandi.
Loyiha qiymati $8,7 mlnni tashkil etib, bo‘lajak shaharchada 11 ta turli yo‘nalishdagi klinikalar, 2 ta dorixona, 20 ta sog‘lomlashtirish muassasalari hamda massaj, fitnes kabi sport-sog‘lomlashtirish markazlari quriladi.
Shuningdek, saudiyalik tadbirkor Farg‘ona vodiysida “Arablar shaharchasi” turistik dam olish maskanini barpo etmoqchi. Loyiha qiymati qariyb $3 mlnni tashkil etadi.
Turistik maskan Farg‘ona shahri va Chimyon sanatoriyasi o‘rtasida, jami 15 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilmoqda: