Sun’iy intellekt ko‘p ish o‘rinlarini qisman avtomatlashtirishi mumkin, lekin ularning o‘rnini bosa olmaydi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan e’lon qilingan “Generativ sun’iy intellekt va ish o‘rinlari” hisobotiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

XMT hisobotiga ko‘ra, generativ sun’iy intellektning eng katta ta’siri ofis ishlariga bo‘lishi mumkin: undagi vazifalar sun’iy intellektning tarqalishidan yuqori darajada ta’sirlangan bo‘lsa, qolgan yarmi o‘rta darajada ta’sirlangan .

Shu bilan birga, boshqaruvchilar, mutaxassislar va texnik xodimlar ishining to‘rtdan bir qismi o‘rtacha ehtimollik bilan avtomatlashtirilishi mumkin.

Aksariyat ish joylari va tarmoqlar faqat qisman avtomatlashtiriladi. Shu bilan birga, bunday ishchilarning funksionalligi ChatGPT kabi generativ sun’iy intellektning tarqalishi bilan to‘ldirilish ehtimoli ko‘proq.

Yuqori daromadli rivojlangan mamlakatlarda avtomatlashtirish jami bandlikning 5,5%iga tahdid solsa, kambag‘al mamlakatlarda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,4% ish o‘riniga to‘g‘ri keladi.

May oyida e’lon qilingan Osiyo taraqqiyot banki tadqiqotida O‘zbekistonda sun’iy intellekt va shu kabi texnologiyalarni joriy etish 2025-yilga borib mamlakatning ikkita asosiy sanoatida 430 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishi mumkinligi ta’kidlangandi.

Iyun oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvi direktorining birinchi o‘rinbosari Gita Gopinat sun’iy intellektni joriy etish muayyan vazifalarni avtomatlashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirishini qayd etdi.