“Spot” Ukrainada urush boshlanganidan keyin O‘zbekistonga kelib, o‘z vatandoshlaridan farqli o‘laroq, nafaqat mamlakatda qolib, balki bu yerda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilganlar haqida so‘z yuritishda davom etadi.

Yevgeniy va Galinaning hikoyasi sarguzashtlarga to‘la: Yevgeniy Isroildan, Galina esa Moskvadan, boshlanishiga ular Moskva parkidagi do‘konlarda ishlab, uyda tayyorlangan tovuqli shaurma sotishgan.

Vaqt o‘tishi bilan biznes esa o‘sa boshladi, ular gastronomik sir-asrorlarning barchasini yanada ko‘proq bilib olishdi. Albatta, o‘sish va pasayishlar kuzatildi, lekin bir kuni xaridorlardan biri aloqaga chiqib, Jenya va Galyaga bino taklif qildi.

“Krilishki ili nojka” restoranida ular bizga hech narsaga moslashtirilmagan appendiksni berishdi — men uni nima deb atashni ham bilmayman", — deya bo‘lishishdi ular intervyularidan birida.

Bularning barchasi ularni 2015-yilda bor pullarini yig‘ib, ozgina qarz olib, haqiqiy kafe — “Dizengof/99"ni ochishlariga turtki bo‘ldi.

Ularning ishidagi asosiy qoida — hech narsani moslashtirmaslik: Isroilda qanday qilishsa, shunday bajarish — katta porsiyalar, minimalistik dizayn.

Shu bilan hammasi yaxshi kechdi va shunday davom etdi, lekin 2022-yilning oktabrida oila O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishdi. Bu yerga kelgach esa ular turli muassasalarga bora boshladilar. Bora-bora bu odat tusiga kirdi va ular umumiy ovqatlanish bozorini o‘rganish maqsadida harakatdan to‘xtashmadi.

“Biz mahalliy kafe va restoranlarni o‘rganishni boshladik, diqqat bilan ko‘rib chiqdik hamda baholab, tahlil qildik. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, Toshkentda hali ham juda yaxshi muassasalar kam, ya’ni bo‘sh joylar talaygina. Shunday qilib, imkoniyatni boy bermaslikka qaror qildik. Qisqa qilib aytganda, Toshkentdagi „Dizengof/99“ shunday paydo bo‘lgan”, — deydi Tsyupko.

“Dizengof/99” kafesi asoschisi “Spot"ga qanday qilib quyoshli poytaxtga ko‘chib o‘tgani, uni nimalar ko‘proq hayratga solgani va bu yerda o‘z kafesini ochganda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida so‘zlab berdi.


Ko‘chish haqida

O‘sha paytda rejamizda ko‘chish yo‘q edi, lekin shunday bo‘ldiki, ko‘pchiligimiz hamma narsamizni tashlab, chamadonlarimizni olib ketishga majbur bo‘ldik.

Tanlash va o‘ylashga vaqt yo‘q edi, shuning uchun taqdir taqozosi bilan Toshkentga yetib keldik — bizdan sal oldinroq ketgan do‘stlarimiz ortidan yo‘lga tushdik va ular bu yer yaxshi ekanini qisqacha aytib berishgandi.

Bu qarorga kelishda uzoq o‘ylab o‘tirmadik. Asosiysi, Rossiyaga nisbatan yaqinroq bo‘lgan joyni qidirdik.

Oktabr oyida quyoshli poytaxtga ko‘chib o‘tdik va uni birinchi bor bahorda tark etdik (Isroilga uch oyga ketgandik), lekin keyin yana qaytib keldik.

Bu vaqt davomida biz bu yerda yashadik, ha, hozir ham yashayapmiz. Rejalashtirish qiyinroq bo‘lib qoldi.

dizengof/99, kafe, restoran, shaxsiy biznes

Bizga Toshkent hayoti yoqdi. Kelishimiz bilanoq turli joylarga ovqatlanish va ko‘rish uchun bora boshladik. Ko‘pincha servisning oqsoqlashini, taomlar talab darajasida emasligini hamda narxning sifatga mos kelmasligini angladik.

Shuningdek, biz ko‘plab bo‘shliqlar mavjudligini, tarmoqqa kirib, yaxshi mahsulot qilish kerakligini tushundik. Nega endi yo‘q?

Yangidan hech narsa o‘ylab topmadik. Moskvadayoq Isroil oshxonasiga ixtisoslashgandik, tajriba va ko‘nikma hamda ekspertizaga egamiz. Ha, men 10 yildan ortiq Isroilda yashaganman, shuning uchun ham hech kim menchalik yahudiy oshxonasi haqida ko‘p narsani bilmasa kerak. Shu bilan sinab ko‘rishga qaror qildik.

Hammasi qanday boshlangan?

G‘oyani amalga oshirishgacha besh oydan kam vaqt sarfladik. Moskvadan dizaynerlarimiz keldi.

Ular Buxoroga tashrif buyurishdi, sharq me’morchiligidan ilhomlanib, u yerdan Buxoro g‘ishtlarini olib kelishdi. Biz uchun mahalliy madaniyatga hurmat ko‘rsatish muhim edi.

dizengof/99, kafe, restoran, shaxsiy biznes

Birinchi qiyinchilik. Odamlar bilan ishlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ldi. Masalan, bu yerda tijorat ko‘chmas mulki bilan shug‘ullanadigan rieltor yo‘q, bir odam bir vaqtning o‘zida hamma narsani bajaradi: biri yashash uchun kvartirani, ikkinchisi ofis uchun bino tanlaydi. Va ma’lum bo‘lishicha, ijara haqi dollarga bog‘langan.

Turli xizmatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar bo‘ldi. Masalan, kerak bo‘ladigan hamma narsani bir vaqtning o‘zida olib kelish mumkin bo‘lgan yagona diller yoki qulay platforma mavjud emas. Afsuski, bu yerda biri faqat Borjomi import qiladi, ikkinchisi esa sharbatlar. Va kelishuvlar har doim ham bajarilavermaydi.

Yetkazib beruvchi bilan soat 11:00 ga deb kelishib olamiz, u esa kerakli narsalarni soat 15 larga yetkazib beradi. Oshxona bo‘m bo‘sh, qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bizga buni hali arzimas muammo ekanini aytishdi. Masalan, kimdir butunlay yo‘qolib ketishi ham mumkin ekan.

Men bunday operatsion daqiqalar biroz vaqt olishini tushunaman va hamma narsani qurish va sozlash mumkin.

Rossiyada hamma narsa boshqacha ishlaydi, lekin men bunga falsafiy nuqtai nazardan normal munosabatdaman. Shunchaki, O‘zbekiston ham bir paytlar Moskva boshidan o‘tkazgan bu davrni boshdan kechirishi kerak.

Lekin asosiysi, bu yerda odamlar ko‘prog‘iga, yaxshi tomonga intilishadi va bu sezilarli. Aytgancha, bu yerda o‘zgarishlar bizdagidan tezroq sodir bo‘lmoqda.

dizengof/99, kafe, restoran, shaxsiy biznes

Aytgancha, Moskvada biz katta va jo‘shqin oqimda ishlashga odatlanganmiz. Mahalliy jamoaga ham buni o‘rgatdik, lekin o‘zlari boshdan kechirmaganlari uchun, yigitlarga buni tasavvur qilish qiyin bo‘ldi.

Tajriba uzoq kuttirmadi: birinchi dam olish kunida biz mehmonlarning katta oqimiga duch keldik va kerakli darajada uddalay olmadik. Ammo ular qayerda kamchiliklarimiz borligini, nima ustida ishlashimiz va nimani o‘zgartirish kerakligini tushunishdi.

Dizengof/99 nima?

Dizengoff — Tel-Avivning markaziy va eng gavjum ko‘chalaridan biri, birinchi mer nomi bilan atalgan.

Shu bilan birga, “Dizengoff 99” — bu Isroilning 70-yillardagi diniy filmi. Uning mashhurligi “Brilliant qo‘l” darajasida. Ammo nomdan bitta harf — “f"ni olib tashlashga qaror qildik, sababi bunday qilmaganimizda hech qanday internet qidiruvi bizni topa olmasdi.

Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini relokantlar tashkil etadi. Hozircha ular keluvchilarning ko‘p qismini tashkil etishi mumkin, lekin ularga asosiy auditoriya sifatida qaramaymiz, chunki ular bu yerda vaqtincha qolishayotganini tushunamiz.

Dizengof /99 raqamlarda

Kafeni ochishga $200 ming sarflangan. Bu raqamlar kamroq bo‘lishi ham mumkin edi, lekin Moskvadan kelgan jamoa uchun sarflangan xarajatlarni ham hisobga olish kerak.

Shuningdek, bu yerda zarur uskunalarni topa olmaganmiz, bular qatorida chiroq jihozlarini misol qilishimiz mumkin. Shu sabab, barcha yoritish uskunalari Rossiyadan keltirilgan.

Hozir “Dizengof/99"da tashrif buyuruvchilar uchun 44 ta o‘rin mavjud, 20 ga yaqin xodimlarimiz faoliyat yuritmoqda.

O‘rtacha hisobimiz 150 ming so‘m atrofida. Shu bilan birga, porsiyalarimiz ham yetarli darajada katta: salatlarning har biri 400 gr dan va mehmonlar ko‘pincha issiq taomlarni oxirigacha yeyishmaydi va o‘zlari bilan olib ketishadi.

Yana bir muhim narsa: bizda xizmat ko‘rsatish haqi yo‘q va uni ataylab kiritmaganmiz.

Shaxsan men, bu pul choy puli sifati berilmasligini bilganimda hayron bo‘lganman. Va “xizmat ko‘rsatish foizi” deb nomlangan chekdagi xarajat moddasi elektr energiyasi, qo‘l yuvish xonasidagi sovun yoki qog‘oz sochiq uchun to‘lovdir. Menimcha, bu tushunchalar xato almashtirilgan.

dizengof/99, kafe, restoran, shaxsiy biznes

Targ‘ibot haqida. Rossiyada joylashgan “Dizengof/99” tarixida marketing bo‘lmagan. Bu yerda mahalliy ijtimoiy tarmoqlar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi agent bilan ishlaymiz va target uchun haftasiga $30−40 yo‘naltiramiz. Buning uchun ko‘p ham mablag‘ sarflamaymiz.

To‘g‘risini aytganda, bizga doim sarafan radiosi qo‘l kelgan.

OAVda nashr qilinish uchun pul to‘lash kerakligini aytishganida hayron qolganman. Menga bunday hikoyalar yoqmaydi. Tushunaman, bu bozorda qiziqarli loyihalarning kamligi bilan bog‘liq. Yaxshilari haqida esa jim turib bo‘lmaydi.

Umumiy ovqatlanish bozoridagi vaziyat o‘zgarganda, asosan, OAVning o‘zi, aloqaga chiqadi, qiziqish bildirib, eksklyuziv materiallar uchun kurashishadi.

Toshkent hayoti haqida

Toshkentga ilk kelganimizda bizga 2003−2005 yillardagi Moskvani eslatgan, ammo bu yerda rivojlanish tez sodir bo‘lmoqda.

Misol uchun, bir yildan buyon yashayotgan bo‘lsak, poytaxtda ko‘plab qiziqarli va qulay xizmatlarning yo‘lga qo‘yilayotgani guvohi bo‘lyapmiz. Masalan, qayerdadir yo‘l qurishdi, asfalt yotqizishdi. Rivojlanish faqat vaqt talab etadi.

Bu yerda meva va sabzavotlarning ko‘pligi meni xursand qiladi. Istirohat bog‘larining soni ortayotgani hayratlantirdi. Rostini aytsam, O‘zbekiston deganda quyosh tig‘ida qizigan ochiq joyni tasavvur qilgandik, aslida esa sayr qilish uchun yashil maydonlar yetarli ekan.

Albatta, hozir mamlakat biz tasavvur qilgandan mutlaqo boshqacha ekanini tushunaman. Bilishimcha, daraxtlar bilan bog‘liq vaziyat oldin ancha yaxshiroq bo‘lgan.

Yozda issiq qiyinroq kechdi, shu sabab, ayolim farzandim bilan bir muddat ortga qaytishdi. Lekin eng katta noqulaylik — bu yo‘llar va haydovchilar. O‘zingizni xavfsiz his qilish umuman imkonsiz.

dizengof/99, kafe, restoran, shaxsiy biznes

Hozir men ikki davlatda yashab, ishlayapman — vaqti-vaqti bilan Moskvaga borib turaman. Lekin u yerda jamoa to‘liq shakllantirilgan bo‘lib, ish mensiz ham a’lo darajada ketmoqda.

Mazkur bozorda o‘z o‘rnimizni egallashni maqsad qilganmiz. Kelajakdagi loyihalarimiz uchun bo‘sh sex quryapmiz. Shuningdek, ta’mirlashda yetakchilik qilayotgan “Tashkent City"da qahvaxona ochmoqchimiz. Agar hamma narsa yaxshi qabul qilinsa, loyiha kengaytiriladi.

“Dizengof/99"ni boshqa mamlakatlarga kengaytirishni ham o‘ylayapmiz. Masalan, Dubayda ochmoqchimiz. Bizning global maqsadlarimiz bor, ammo hozircha, qartalarni to‘liq ochmaymiz.