2027-yilga borib O‘zbekistonda elektron tijorat bozori 6−7 barobar o‘sishi mumkin. Bu haqda KPMG konsalting kompaniyasi tadqiqotida ma’lum qilindi.

O‘tgan yil oxirida mamlakatda elektron tijorat bozori hajmi $311 mlnni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 33%ga oshgan.

Shu bilan birga, chakana savdoning umumiy hajmida elektron tijoratning ulushi 2,2%ni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan qariyb to‘rt barobar oshgan. Ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘istondan to‘rt baravar kam.

Elektron tijorat tuzilmasida xaridlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i elektronika va maishiy texnikaga, deyarli 20%i esa moda tovarlariga to‘g‘ri keladi.

2018-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston bozorining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 47,4%ni tashkil etdi.

KPMG prognozlariga ko‘ra, 2027-yilda mamlakatda elektron tijorat bozori hajmi 6 baravarga oshib, qariyb $1,8 mlrdni, yillik o‘rtacha hisobda esa 41,4%ni tashkil etadi. Bunda umumiy chakana tuzilmada elektron tijorat bozorining ulushi 9%ga yetadi.

e-commerce, elektron tijorat, kpmg

Ijobiy ssenariyda elektron tijorat bozori 7 baravarga oshib, $2,2 mlrdni tashkil etadi. Bu davrda o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlar 47,4%ni tashkil etishi kutilmoqda. Chakana savdo tuzilmasida elektron tijorat bozori ulushi 11%ni tashkil qiladi.

e-commerce, elektron tijorat, kpmg

KPMG quyidagi omillarni o‘sish omillari sifatida belgilaydi:

  • Internetga kirishning o‘sishi;
  • 15−49 yoshdagi o‘sib borayotgan yosh aholi;
  • iqtisodiy o‘sish va urbanizatsiya;
  • davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va bozorni tartibga solishni takomillashtirish.

Bundan tashqari, KPMG tahlilchilari “Uzum Market"ning o‘tgan yili O‘zbekiston elektron tijorat bozoriga kirishini muhim bosqich deb atadi.

Chunki u o‘zining fintex yechimlariga ega bo‘lgan birinchi mahalliy e-commerce platforma bo‘ldi. Joriy yilning iyul oyida marketpleysga tashrif buyuruvchilar soni 2,4 mln kishini tashkil etdi.


Avvalroq Rossiyaning “Ozon” onlayn savdo platformasi O‘zbekistonda logistika markazini ochishi haqida xabar berilgandi.