25-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani: “Yangi Mirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Yakkasaroy tumani: “Yakkasaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 16:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
24-avgust kuni Sergeli tumanidagi “Astrobod” hamda “Jaloir” MFYlarning ayrim ko‘chalaridagi elektr o‘chirilgandi.
Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.