“Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 bosqichda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimi joriy qilinadi:
Birinchi bosqich doirasida 2023−2024 yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan quyidagi 25 ta tumanda mazkur jarayonlar bepul amalga oshiriladi:
Ikkinchi bosqich 2025−2026 yillarda mamlakatning qolgan tumanlarida amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi sohada mas’ul organ hisoblanadi. Qo‘mita huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, 25 ta tumanda quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi:
- go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish hamda aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;
- tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;
- aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;
- chorva mollarini so‘yish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;
- terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Shunga ko‘ra, tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga $60 mln miqdorida kreditlar yo‘naltiriladi hamda g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100−150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
Joriy yilning 1 dekabridan chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan QQSni Qo‘mita kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etiladi.