“Spot” joriy yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha O‘zbekiston banklarining moliyaviy hisobotlari bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, Bu davrda 1,2 trln so‘m sof foyda bilan “O‘zmilliybank” yetakchilikni egalladi. Bank birinchi chorakda 652,8 mlrd so‘m sof foyda olgandi, ikkinchi chorakda daromadlar 540,8 mlrd so‘mga oshgan.

Keyingi o‘rinda 705,8 mlrd so‘m sof foyda bilan “Ipoteka bank” turibdi. Mazkur bankning yanvar-mart oylaridagi sof foydasi 374,1 mlrd so‘mni tashkil etgandi. Joriyi yilning ikkinchi choragida esa 331,7 mlrd so‘m foyda olgan.

Bu ro‘yxatda kuchli uchlikni “Kapitalbank” yakunlab berdi. Olti oyda uning sof foydasi 687,3 mlrd so‘mni tashkil etib, birinchi chorakka nisbatan 329,4 mlrd so‘mga oshgan.

Yanvar-iyun oylarida daromadi 300 mlrd so‘mdan oshgan banklar soni 5 tani tashkil etdi:

Quyidagi 10 ta bank 100 dan 300 mlrd so‘mgacha foyda olgan:

Navbatdagi 8 ta bank esa 10 dan 100 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

10 mlrd so‘mgacha daromat olgan banklar soni 2 tani tashkil etdi:

Shuningdek, bu davrni zarar bilan yakunlagan banklar ham mavjud. Xususan, “O‘zagroeksportbank” 24,2 mlrd so‘m, “Uzum bank” 4,6 mlrd so‘m, “Ravnaq-bank” 3,5 mlrd so‘m, “Apex bank” 1,8 mlrd so‘m, “Tenge bank” 0,9 mlrd so‘m, “Yangi bank” 0,4 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Bundan tashqari, hisobotlar qatorida “Saderat bank”, “Smart bank” hamda “Hayot bank” ma’lumotlari keltirilmagan.

2022-yilning dekabrida “Smart bank”, joriy yilning mart oyida “Apex bank” hamda “Hayot bank”, may oyiga kelib “Yangi bank"ka bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya regulyator tomonidan berilgandi.


Avvalroq “Qishloq qurilish banki” nomi “Biznesni rivojlantirish banki"ga aylantirilishi va tadbirkorlarga mazkur bankga ulushdor bo‘lib kirish huquqi berilishi haqida xabar berilgandi.

“O‘zagroeksportbank” esa o‘z nomini “AVO bank"ga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.