Yodda tuting: har qanday investitsiya har doim moliyaviy xavflarni keltirib chiqaradi. “Spot” ushbu ma’lumotlarga asoslangan muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz sarmoyalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Barcha ma’lumotlar faqat ma’lumot olish uchun taqdim etilgan va ular investitsiya yoki boshqa harakatlarga chaqiruv sifatida qaralmasligi kerak.
Bugungi kunda fond birjasida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarni nafaqat ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida, balki qisqa vaqt ichida o‘quv markazlarida ham yaxshilash mumkin.
“Spot” Toshkentdagi treyding o‘quv markazlari haqidagi malumotlarni to‘pladi.
Shuningdek, ta’lim bozoridagi vaziyat qanday, kurs tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak va yaxshi natijalarga qanday erishish mumkin — bu haqda mutaxassislar bilan birgalikda gaplashamiz.
BeTrader
Kompaniya o‘z faoliyatini 2021-yil boshida boshlagan. “BeTrader"dagi o‘quv kurslari narxning keyingi yo‘nalishini aniqlashga va muhim darajadagi o‘yinchilarning xatti-harakatlarini aniqlashga yordam beradigan bar tahlili usuli bilan birgalikda hajm va narxlar farqi (VSA) tahlilini o‘rganishni taklif qiladi.
O‘quv kursi:
- fond bozori;
- aksiya va kriptotangalarni tanlash;
- texnik tahlil nazariyasi;
- g‘oya qurish;
- pul va risk boshqaruvi;
- amaliy darslar;
- imtihon.
Dastur aksiyalarni tanlashni tahlil qilish, daraja, zonalar, tendensiyalar va to‘lqinlar nazariyasini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar, shuningdek g‘oyalarni shakllantirish va moliyaviy menejment bo‘yicha treningni o‘z ichiga oladi. Kurs oxirida talabalarga mutaxassis tomonidan to‘liq yordam ko‘rsatiladi.
O‘qish jarayoni 8 oy davom etib, kursda 0dan mukammal darajagacha bilim beriladi. Individual o‘qish — $5000. Treydingda malakasi borlar uchun shaxsiy konsultatsiya — narxi soatiga $100.
Davlat xaridi ishtirokchilari uyushmasi
Davlat xaridi ishtirokchilari uyushmasi — O‘zbekiston tovar-xom ashyosi birjasi va davlat xaridlari tizimi shaffofligi borasida volontyorlik, konsultatsiya xizmati, nizoli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha amaliy yordamlar berishdan tashqari tashkilotlar xodimlarining bu boradagi malakasini oshirish hamda yangi kadrlarni o‘qitib-tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.
Uyushmada quyidagi sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslari mavjud:
1. O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi O‘zRTXB (UzEX, SPOT) — bunda yuqori likvidli, ya’ni shakar, benzin, un, salyarka, polietilen kabilar savdolari o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston davlat xaridlari va tenderlari — xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, etender.uzex.uz va tender.mc.uz platformalari orqali o‘tkaziladigan savdolarda ishtirok etish xamda xizmat va mahsulotlarni sotish.
1. O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi O‘zRTXB:
- Birja soxasi tushunchasi, savdo turlari va imkoniyatlari xaqida ma’lumot beruvchi 6 soatga yaqin videodarslik;
- birja bozorida ishlash ruxsatnomasini beruvchi testdan oldin testga tayyorlovchi amaliy dars;
- Testdan o‘tib shaxsiy kabinetga ega bo‘lgandan so‘ng savdolarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot;
Amaliy mashg‘ulot birja sohasida 15 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston davlat xaridlari va tenderlari:
- davlat xaridlari to‘g‘risida, ishlash tizimi, savdo turlari va savdo maydonchalari xaqida tushuncha beruvchi videodarslik;
- xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, cooperation.uz, etender.uzex.uz va tender.mc.uz platformalarida auksion, elektron va milliy do‘kon savdolari, tenderlar hamda eng yaxshi takliflarni aniqlash bo‘yicha savdolarda ishtirok etish yuzasidan amaliy mashg‘ulot;
- davlat xaridlarida mahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga investitsiya taklifi.
Har ikkala o‘quv kursini tamomlagandan so‘ng shu soha mutaxassisligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi. Shuningdek, keyingi savdolar yuzasidan savollar va muammolariga bepul konsultatsiya xizmati mavjud.
O‘quv kurslari online yoki offline tarzda guruh tartibida o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi, davomiyligi 30 kun. Kurslarning narxlari 3,8 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha. Individuual kurs narxi — 7,9 mln so‘m.
OBI Broker
OBI ishining asosiy turi qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya xizmatlarini ko‘rsatishdir. Kompaniya brokerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarga ega va O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan tartibga solinadi.
“Trader” — bu investitsiyalar, xususan, savdo bilan professional darajada shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun intensiv kursdir. U 21 bosqichdan iborat bo‘lib, 1,5 oy muddat davom etadi. Bu vaqt davomida qimmatli qog‘ozlar savdosining nazariy asoslari o‘rganiladi va amaliy qismi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi.
Yakuniy bosqichda talabalar kompaniya hamkorlarining savdo maydonchasini o‘rganish va demo hisob qaydnomasida bitimlar tahlilida savdo qilish bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Bitiruvchilar fundamental va texnik tahlil ko‘nikmalariga ega bo‘lib, risklarni kamaytirishning turli usullarini o‘zlashtiradi, savdo terminallari va bozor tahlili vositalari bilan ishlashni o‘rganadilar.
O‘quv kursi narxi (o‘quv markazida): 5 mln so‘m. Online o‘quv kursi: 2,2 mln so‘m.
Darslar soni: 18 ta dars — 54 soat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar.
Uranus
Moliyaviy bozordagi savdo bo‘yicha kurs. Kurs minimum nazariya va amaliy savdoga asoslangan. Kurs sizni tezkorlikda savdoga tashlaydi va shartnomalar ochib pul ishlashga o‘rgatadi.
Kurslar 10 ta blokdan tashkil topgan bo‘lib, offline va online tarzda bo‘lib o‘tadi.
Treyding kurs rejasi:
- treyding nima, treyder va investorning farqi;
- platforma TradingWiev;
- Metatrader 4;
- texnik tahlil
- grafik va shamchalar tahlili;
- fundamental analiz;
- trend indikatorlari;
- trend ostillyatorlari;
- treyder psixologiyasi;
- roney va risk menejment.
Bonus tariqasida yarim avtomatik va mutlaqo avtomatik robotlar bilan ishlash o‘rgatiladi. Shuningdek, eng iqtidorli talabalarga $25,000 depozit taqdim etiladi. (asl narxi $250+)
Bundan tashqari:
- rasmiy signal kanalga 14 kunlid a’zo bo‘lish. (asl narxi oyiga $89)
- unicorn FL 19 va 25 yarim avtomatik maslahatchilar 30 kunga taqdim etiladi. (asl narxi oyiga $250)
- treyderlar yopiq jamiyati a’zosi qilamiz va doimiy bepul bonuslar taqdim etiladi;
- professional kursdan 2 ta qimmatli strategiya bonusga o‘rgatiladi;
- hamma qurilamalar bilan jihozlangan qulay ofisda jonli ta’lim;
- bo‘sh vaqtlari sinflarga qatnab qo‘shimcha dars olish va kompyuterlardan foydalanib savdo va uy vazifalarini bajarish imkoni.
Offline kurs narxi: 20 mln so‘m — 100% to‘lov. 25 mln so‘m — muddatli to‘lov. Online kurs narxi: 6 mln so‘m — 100% to‘lov, 10 mln so‘m — muddatli to‘lov.
Treyding kursini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak
Mutaxassislar treyding kurslarini tanlashda birinchi navbatda o‘quv markazlarining faoliyati, ularning hamkorlariga e’tibor berishni ta’kidlashadi.
Xususan “BeTrader” asoschisi Аkmal Djalilov kurslarni tanlashda o‘qituvchining tajribasiga e’tibor berishni, u o‘zi amaliyotchi treydermi yoki yo‘qligi, shuningdek, oldingi talabalarning sharhlarini o‘qishni unutmaslik kerakligini qayd etdi.
“Ko‘pchilik birjada savdo qilishni valyuta bozori yoki valyuta savdosi bilan aralashtirib yuboradi. Ammo ikkinchisi islom moliyasi va shariatning xalqaro standartlariga ko‘ra taqiqlangan — bu diniy tamoyillarga amal qilganlar uchun ma’lumot” — deydi u.
Shuningdek, “OBI Broker” direktori Оlim Аkulov kurs tanlashda kompaniyaning hamkorlari, mutaxassislari va vakillariga e’tibor berishni tavsiya qiladi.
Uning fikricha, kompaniyaning hujjatlari va o‘qitish usullarini diqqat bilan o‘rganish kerak. Muvaffaqiyatli kurslarning kaliti — nazariy qismning 20%i va amaliy qismning 80%i hisoblanadi. Ko‘p narsa o‘quvchilarning o‘ziga bog‘liq.