Joriy yilning iyun oyida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Chexiyaning “LET Aircraft Industries” konserni bilan LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagandi.

Iyul oyiga kelib aviakompaniyaning birinchi LET L-410 samolyoti Toshkentga yetib kelgandi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, ikkinchi LET L-410 havo kemasi yetib kelgan. Mazkur samolyot mamlakat ichidagi mahalliy yo‘nalishlarni olib boradi.

Joriy yilning 20-iyulidan Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan yangi qatnovlar birinchi olib kelingan LET L-410 samolyotida amalga oshirila boshlangandi.

“Gazeta.uz"ning yozishicha, mazkur samolyotlarda Zomin, Zarafshon, Shahrisabz va So‘x kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, samolyotlardan boshqa qisqa yo‘nalishlarda ham foydalaniladi.

LET L-410 turbovintli samolyoti 19 ta yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega bo‘lib, deyarli har qanday turdagi uchish-qo‘nish yo‘lagida, jumladan, uzunligi 510 metr bo‘lgan o‘ta qisqa samolyotlarda ham ucha oladi va qo‘na oladi. Parvoz masofasi — 1500 km gacha.