31-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Yozning so‘nggi kunida Mirobod tumanining “Abdulla Avloniy” MFYdagi ayrim ko‘chalarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Hudud aholisiga soat 10:00dan 17:00gacha elektr yetkazib berilmaydi. Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Prezident oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilish o‘tkazgandi.

Unda elektr bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahrining birorta tumani tejash rejasini bajarmagani ta’kidlangandi.

O‘tgan yetti oyda hududlarda 160 mln kilovatt soat elektr va 290 mln kub metr gaz noqonuniy ishlatilib, tarmoq korxonalariga 355 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.