4-oktabr kuni “Google” kompaniyasining yillik taqdimot bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “CNBC” nashri.

Qayd etilishicha, “Google” o‘tgan yilgi Pixel 7 va Pixel 7 Pro‘dan keyingi Pixel 8 va Pixel 8 Pro‘ni taqdim qilmoqchi.

Kompaniyaning flagman Android telefonlari o‘zining Tensor protsessorida ishlaydi. O‘tgan yilgi “Google"ning birinchi aqlli soati bo‘lgan Pixel Watch’dan keyin Pixel Watch 2 ham chiqarilishi kutilmoqda.

Pixel telefonlari minimal bozor ulushiga ega va kompaniyaning texnik vositalari sezilarli daromad keltirmayapti.

Masalan, “Alphabet” bosh kompaniyasining ikkinchi chorakdagi $74,6 mlrd daromadidan $58,14 mlrdi “Google” reklamalaridan tushgan. “Google Cloud” xizmatidan yana $8 mlrd daromad oldi.

Biroq, so‘nggi yillarda “Google” o‘zining apparat biznesini Nest dinamiklari va aqlli uy mahsulotlari, Pixel telefonlari, yangi Pixel plansheti va soatlari bilan kengaytirish ustida ishlamoqda.


Avvalroq “Spot” “Apple"ning yillik taqdimoti tahminiy sanasi ma’lum qilingani haqida yozgandi.

12-sentabr kuni Apple iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro va 15 Pro Max kabi to‘rtta smartfon, shuningdek Watch Series 9 va yangi Watch Ultra’ni taqdim etishi kutilmoqda.