Bankning biznes strategiyasiga ko‘ra, Apex Bank AJ rahbariyati avvalroq aksiyadorlarning bank ustav kapitalini oshirish bo‘yicha rejalarini eʼlon qilgan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan tijorat banklari ustav kapitalining kam miqdori 2023 yilning 1 sentyabridan 200 mlrd so‘mni tashkil etishi lozimligi talablari belgilangan.
Aksiyadorlarning qarori bilan Apex Bank AJ ustav kapitali qo‘shimcha ravishda 150 mlrd so‘mga oshirildi. Shu tariqa, 2023 yilning 28 avgust holatiga ko‘ra Apex Bank AJning ustav kapitali 250 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Apex Bank AJ moliyaviy hisobotlarning shaffofligi, yuqori samaradorlik va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, biznes jarayonlarining moslashuvchanligi va samaradorligini yaratish maqsadida O‘zbekistonda Oracle Flexcube dasturiy yechimlarini o‘z biznes jarayonlariga joriy qilgan birinchi banklardan biri bo‘ldi.
Apex Bank moliyaviy bozorda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va mijozlari uchun ishonchli hamkor bo‘lishga intiladi.
Reklama huquqlari asosida.