“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati “Ishonch telefoni” — 1810ni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ishon raqamlari jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi ishlarni samarali tashkil etish hamda xodimlar va fuqarolar o‘rtasida aloqa kanallarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bu esa jamiyat korxonalaridagi salbiy holatlar yuzasidan tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning vaqtida oldini olish va bartaraf qilish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Mazkur raqamdan tashqari, “O‘zbekneftgaz"da korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa huquqbuzarliklar haqida +(99871) 233−28−88 raqamlari, rasmiy sayti, elektron pochta manziili hamda Telegram-bot orqali ham xabar berish mumkin.


Joriy yilda Farg‘ona viloyati hokimligi “Mening Farg‘onam” interaktiv portalini ishga tushirgandi.