“EastFruit” tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxlari ketma-ket ikkinchi hafta o‘sib bormoqda va bu davrda ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 60%ga oshdi.

“Bu pomidor narxining mavsumiy o‘sishining boshlanishi bilan bog‘liq”, — deb ta’kidlaydi “EastFruit” ekspertlari.

“EastFruit” narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023-yilning 18-avgustidan 1-sentabriga qadar O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 2500 so‘mdan 4000 so‘m/kgga ($0,21dan $0,33ga) oshdi.

Biroq bunday keskin o‘sishga qaramay, ushbu mahsulotlarning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past.

Bundan tashqari, joriy yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligidan avgust oyining oxirigacha O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxlari 2021-yilning shu davrida qayd etilgan darajaga taxminan mos keladi.

eastfruit, pomidor, qimmat

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 43%ga past va 2021-yilning xuddi shu sanasidagi narx darajasiga deyarli to‘g‘ri keladi.

Oxirgi haftada pushti pomidorning narxi ham keskin oshgan. 2023-yilning 25-avgustidan 1-sentabriga qadar O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000 dan 7000 so‘m/kg gacha ($0,33 dan $0,58ga) oshdi.

eastfruit, pomidor, qimmat

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 46%ga past va 2021-yilning shu sanasidagi narx darajasiga to‘g‘ri keladi.


Avvalroq “Spot” aprel oyida pomidor narxi bir haftada 33%ga tushib ketgani haqida yozgandi.

Narxlar pasayishi plyonka ostida tunnel usulida yetishtirilgan pomidor hosilining birinchi partiyalari bozorga kirishi bilan bog‘liq.