Joriy yilning 4-sentabridan Toshkentda qo‘shimcha 7ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, poytaxtdagi ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yili boshlanishi sabab, jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni ortadi.
Shuning uchun, ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi avtobus yo‘nalishlari soni 167taga yetkazilib, kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700taga oshirilmoqda.
Yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida, 4-sentabrdan poytaxtda qo‘shimcha 7ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda hamda ular quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanadi:
Bundan tashqari, “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati sentabr oyidan kunlik tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilar soni haqida ma’lumot berdi.
Avtobuslar soni 1700ta oshirilishi natijasida yo‘lovchilar sig‘imi 131 mingtaga (2 barobar), qatnovlar soni 22,5 mingga (2 barobar) hamda yo‘lovchilar soni 800−850 mingtaga (2 barobar) oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, oraliq interval 8−10 daqiqani tashkil etishi mumkin.
Umumiy uzunligi 42 km bo‘lgan 13ta ko‘chada alohida avtobus yo‘lagi tashkil etilib ushbu yo‘laklardan harakatlanuvchi 125ta yo‘nalishlarda harakat muntazamligi ta’minlanadi.
Avvalroq sentabrda Toshkentda 9ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi. Qatnovlar sonini 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.