“Microsoft” korporatsiyasi “WordPad” matn muharririni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Qayd etilishicha, kelgusi OS yangilanishida dastur Windows’dan o‘chiriladi.

Kompaniya 1-sentabrda Wordpad’ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganini haqida ma’lum qildi, biroq ommaviy axborot vositalari bunga bir necha kundan keyin e’tibor qaratdi.

“Microsoft” yordam dasturi operatsion tizim uchun keyingi yangilanishda olib tashlanishini aytdi.

Kompaniya .doc va .rtf fayllari bilan ishlash uchun “Word” dasturidan, shuningdek, .txt hujjatlari uchun “Блокнот"dan foydalanishni tavsiya qildi.

1995-yilda ishga tushirilgan matn muharriri Write xizmatini almashtirdi. Avvalroq “Microsoft” “Cortana” ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.


Avvalroq “Spot” “Apple” ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatchi lavozimini bekor qilishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya shu tarzda xarajatlarni kamaytirishga harakat qilmoqda.