“Google” yangilangan ranglar palitrasiga ega bo‘lgan “Android” brendining yangi logotipini taqdim etdi.

Kompaniya logotipdagi kichik “android” harflaridan voz kechdi va bosh “A” harfini qo‘shdi.

Qayd etilishicha, bu “Google” logotipi yonida unga ko‘proq og‘irlik qo‘shadi.

“Shrift yangilanishi „Android“ qurilmalari va „Google“ ilovalari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshiroq bog‘lashga yordam beradi”, deya tushuntirdi kompaniya brend menejeri Jeyson Fournier.

Uning qayd etishicha, “Android” roboti o‘ynoqilik va dinamizmni aks ettiruvchi logotipning muhim elementiga aylandi.

Uning to‘liq tana ko‘rinishi ham personajdan real hayotda va raqamli muhitda foydalanishni osonlashtirish uchun yangilangan.

“Google” o‘zgarishlarni 2023 yil iyun oyida I/O 2023 ko‘rgazmasida e’lon qildi. Kompaniya 2023 yil oxirigacha yangi logotipdan foydalanishni boshlaydi.

android, google, yangi logotip

Foto: chapda 2004-yil logotipi, o‘ngda 2014-yil, o‘rtada 2019-yilgi logotiplar

Avvalroq “Google"ning yillik taqdimoti sanasi ma’lum qilingandi.

4-oktabr kuni Google Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfoni, shuningdek, Pixel Watch 2'ni taqdim etishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Google"ning “Duet AI” sun’iy intellekt xizmati endi foydalanuvchilar o‘rniga elektron pochta xabarlarini yozishi haqida yozgandi.

Bunda “Gmail” foydalanuvchilari elektron pochta xabarlarini yozishda yordam berish uchun turli xil variantlarni taklif qiladigan “menga yozishga yordam bering” tugmachasidan foydalanishi mumkin.