Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya institutida (OIST) o‘tkaziladigan tadqiqot dasturiga (OIST Research Internship) arizalar qabul qilinmoqda.

Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan bakalavr va magistraturaning yuqori kurslarida tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishi mumkin.

Dasturning tadqiqot yo‘nalishlariga fizika, kimyo, biologiya, nevrologiya, matematika, hisoblash fanlari, ekologiya, atrof-muhit, muhandislik va tibbiyot kabilar kiradi.

Amaliyot davomiyligi 10−12 haftani tashkil etib, talabalarga tadqiqotchi sifatida turli sohalarda amaliyot o‘tash imkoni beriladi hamda institut professori rahbarligida tadqiqot olib borishadi.

Hozir 2024-yilning bahorgi dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ayollar va boshqa kam vakillik guruhlarning arizalari ustunlikka ega.

Qabul qilingan talabalarga ikki tomonlama aviachipta, sug‘urta xarajatlari qoplab berilib, viza olishlarida yordam beriladi.

Shuningdek, kampus yoki kampus tashqarisida turar joy bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, talabalarga kuniga 2400 yen ($16) midqorida stipendiya beriladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn jo‘natishlari kerak:

  • CV;
  • maqsad bayoni;
  • tavsiyanoma;
  • diplom va akademik transkriptlar;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • rasm.

Arizalarni joriy yilning 15-oktabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Xitoyning Pekin universitetida joylashgan Yenching akademiyasi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.