Rossiyaning “PEK” logistika kompaniyasi O‘zbekistonning to‘rtta shahrida o‘z filiallarini ochdi. bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, joriy yilning 4-sentabridan quyidagi hududlarda “PEK” filiallari ish boshladi:
- Farg‘onada — Yorug‘lik ko‘chasi, 275-uy;
- Qo‘qonda — Buvalda tumani, Qo‘ng‘irot ko‘chasida joylashgan EIZda;
- Navoiyda — “Navoiy” EIZ hududida.
Bundan tashqari, 6-sentabrdan Samarqand shahrida ham “PEK” filiali ochiladi, u Baxtli xayot ko‘chasi, 9-uyda joylashgan.
Barcha bo‘limlar ish kunlari soat 09:00dan 18:00gacha, Farg‘ona bo‘limi esa dam olish kunlari ham — 10:00dan 17:00gacha ishlaydi.
Bir yil avval Rossiya kompaniyasi Toshkentda o‘zining birinchi filialini ochgandi. “PEK” mijozlari O‘zbekistondan Rossiyaga va orqaga yuklarni guruhli tashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, Markaziy Rossiyaga yuklarni yetkazib berish muddati hamkorlar xizmatlaridan foydalanish kerak bo‘lgan oldingi 6 kun o‘rniga 4 kunni tashkil etadi.
Bundan tashqari, tovarlar “PEK” filiallari mavjud bo‘lgan boshqa mamlakatlarga — Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Xitoyga ham jo‘natiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda Rossiyaning “Ozon” onlayn savdo platformasining logistika markazi ochilishi ma’lum qilingandi.