“Samsung” taom tayyorlashning turli jihatlarini qamrab oluvchi Food ilovasini ishga tushirdi. U kompaniya bir necha yil oldin sotib olgan “Whisk” oziq-ovqat bazasiga asoslangan.

“Whisk” foydalanuvchilarning shaxsiy xohish-istaklari va taomning mavsumiyligi asosida retseptlar va taomlarni taklif qiluvchi “Food AI5” deb nomlangan ilg‘or texnologiyadan foydalanadi.

Ilova ingliz (AQSh), ingliz (Buyuk Britaniya), nemis, ispan (Ispaniya), ispan (Meksika), fransuz, italyan va koreys tillarini qo‘llab-quvvatlaydi va unda 104 ta davlat oshxonasidan 160 mingta retsept mavjud.

Yangilikning asosiy elementi — bu sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘lib, u keng assortimentdagi maishiy texnikalarni birlashtirish va ulardan oqilona foydalanish imkonini beradi.

Foto: samsung.com

Pishirish jarayonini to‘liq nazorat qilishgacha, ya’ni foydalanuvchi shunchaki buyruq bo‘yicha mahsulotlarni tegishli qurilmalarga qo‘yishi kerak.

Shuningdek, sun’iy intellekt muzlatgich tarkibini boshqarishi, xaridlar uchun rejalar tuzishi, turli xil parhezlar uchun taom tayyorlashi va shaxsiy so‘rovlar uchun retseptlarni yangilashi mumkin bo‘ladi.

Kelgusi yilda ilova foydalanuvchilarga aniqroq maslahatlar berish maqsadida videokamera orqali mahsulot va idish-tovoqlarni tanib olish funksiyasiga ega bo‘ladi.

“Samsung Health” platformasi bilan sinxronlash funksiyasi ham foydalanuvchining ovqatlanishi va sog‘lig‘i parametrlarini tahlil qilish uchun qo‘shiladi.


Avvalroq “Spot” “Meta” sun’iy intellektga asoslangan “AudioCraft” musiqa generatorini taqdim qilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mazkur musiqa generatori foydalanuvchining matn so‘rovi asosida audio yaratishi, mavjud musiqa bilan ham ishlashi mumkin.