7-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Mirobod tumani: “Afrosiyob” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Iqtidor”, “Chingeldi”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Temuriylar” va “Sarbon” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 16:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Yozdan buyon poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘tgan 286,3 mlrd so‘mga teng 308,8 mln metr kub tabiiy gaz va 103,9 mlrd so‘mga teng 197,6 mln kilovatt-soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Natijada davlatga 390,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.