Samarqandda o‘tkazilagan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Agrooziq-ovqat investitsiya forumi tashkil etildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 26ta mamlakatdan kelgan 100dan ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan tanishdi hamda hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirishdi.
Natijada, forum yakuni bo‘yicha $1,88 mlrdga teng kelishuvlar imzolandi. U o‘z ichiga turli hamkorlik loyihalarini qamrab olgan.
Xususan, mamlakat agrar tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi 24ta loyiha yuzasidan umumiy qiymati $857,3 mlnni tashkil etuvchi kelishuv amalga oshirildi.
Shuningdek, 14ta loyiha uchun jami $707,5 mlnga teng grantlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga kelishib olindi. $319,2 mlnga teng savdo kelishuvlari imzolandi.
Avvalroq oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Shavkat Mirziyoyev mamlakatda bo‘lib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qilgandi.