Benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori yana oshirildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati.
Idoralararo tarif komissiyasining joriy yil, 31-avgustdagi qarori bilan bu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.
Xususan, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yilning uchinchi choragidan 119 640 so‘mni tashkil etadi. Natijada oldingi narxga nisbatan kompensatsiya hajmi 3 460 so‘mga oshirilgan.
Joriy yilning iyul oyida benzin uchun kompensatsiya miqdori 55%ga oshirilib, 116 180 so‘mga yetgandi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qilishlari mumkin.
Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari “O‘zbekneftgaz” tomonidan moliyashlashtiriladi.