Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Ochiq tender joriy yilning 10-oktabr sanasida o‘tkazilib, unga quyidagi 15ta lot qo‘yilgan:
- VSH — 701-sonli “Toshkent — Buxoro” ikki tomonidan;
- VSH — 743-sonli “Urganch — Mang‘it” ikki tomonidan;
- VSH — 783-sonli “Toshkent — Kattaqo‘rg‘on” ikki tomonidan;
- VSH — 824-sonli “Toshkent — Gagarin” Gagarin tomonidan;
- VSH — 827-sonli “Toshkent — Mo‘g‘ol” Toshkent tomonidan;
- VSH — 845-sonli “Samarqand — Zarafshon” ikki tomonidan;
- VSH — 847-sonli “Toshkent — Nurota” Nurota tomonidan;
- VSH — 918-sonli “Ugranch — To‘rtko‘l” To‘tko‘l tomonidan;
- VSH — 1082-sonli “Toshkent — Jarqo‘rg‘on” ikki tomonidan;
- VSH — 1098-sonli “G‘ijduvon — Navoiy” ikki tomonidan;
- VSH — 1111-sonli “Toshkent — Mirbozor” Toshkent tomonidan;
- VSH — 1134-sonli “Boyovut — Jo‘ylangar qishlog‘i” ikki tomonidan;
- VSH — 1164-sonli “Payariq — Gagarin” Gagarin tomonidan;
- VSHYT — 788-sonli “Toshkent — Guliston” Toshkent tomonidan;
- VSHYT — 919-sonli “Toshkent — Baxt” ikki tomonidan.
Tenderda qatnashish uchun takliflarni e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali taqdim etish mumkin.
Avvalroq joriy o‘quv yilining birinchi kunida poytaxt jamoat transportining daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgani haqida xabar berilgandi.
4-sentabr kuni yo‘lovchilar soni 806,7 mingni tashkil etib, o‘tgan yilning 5-sentabriga nisbatan 1,9 baravar oshgan.